Jorjtaun universiteti bilan ta’lim sohasida qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

30.01.2026

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari tomonidan AQShga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Jorjtaun universitetining Ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 30-yanvar kuni mazkur markaz vakillari bilan onlayn formatda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda istiqboldagi hamkorlik rejalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oshirish, Jorjtaun universitetining grant dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston pedagoglari uchun ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishga qaratilgan seminar-treninglar (workshoplar) tashkil etish masalalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi.