Ta’lim ishtirokchilarining sunʼiy intellekt, dasturlash va robototexnika bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

29.12.2025

Joriy yilning 29-dekabr kuni Taʻlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Janubiy Koreyaning Milliy transport universiteti professori Ryum Duk Oh bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda markaz rahbariyati, tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida  sunʼiy intellekt, dasturlash va robototexnika yoʻnalishlarida oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda oʻqituvchilar malakasini oshirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Ta’kidlash lozimki, 6–10-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 12 ta maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari va Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilariga sunʼiy intellekt va robototexnika asoslari oʻqitilgan edi.