
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilganining 3 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Markaz tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

So‘zga chiqqanlar ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘quv-metodik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, pedagoglar uchun metodik resurslar yaratish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, kelgusida Markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud loyihalar bo‘yicha ishlarni davom ettirish va yangi vazifalarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida Markaz tashkil etilganidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z mehnati va mas’uliyati bilan jamoa ishiga hissa qo‘shgan xodimlar taqdirlandi.

Shuningdek, yaqinda Markaz xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan xodimlarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.