DSc (Doctor of Science) uchun 12 oylik yakka tartibdagi reja (1-yil)

28.01.2026

DSc (Doctor of Science) darajasida tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun yakka tartibdagi ish rejasi ilmiy faoliyatni yuqori bosqichda, chuqur tahlil va mustaqil ilmiy natijalarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishni nazarda tutadi. Birinchi yil, asosan, dissertatsiya tadqiqotining konseptual arxitekturasini shakllantirish, nazariy va tahliliy boblarni ishlab chiqish, yetuk ilmiy natijalarni maqola va konferensiyalar orqali e’lon qilishga qaratiladi. Mazkur 12 oylik yakka tartibdagi reja DSc tadqiqotchining birinchi yil davomidagi ilmiy faoliyatini tizimli rejalashtirish, monitoring qilish va baholash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oylar kesimida asosiy vazifalarni qamrab oladi.

Oy

Bosqich nomi

Asosiy ishlar mazmuni

1-oy (yanvar)

Start: reja va boblar arxitekturasi

Dissertatsiya mavzusini tasdiqlatish; 12 oylik yakka tartibdagi rejani tasdiqlash va tizimga yuklash; boblar konsepsiyasini ishlab chiqish (1-bob — nazariy, 2-bob — tahliliy, qolgan boblar konsepsiyasi); adabiyotlar bazasini shakllantirish (60–100 manba, xorijiy ulushi yuqori); 3 ta ilmiy maqola uchun asosiy yo‘nalishlarni (A, B, C) belgilash.

2-oy (fevral)

Tahliliy sharh (I) va maqola-1 konturi

Tahliliy sharh (literature review) yozishni boshlash (15–20 bet); tadqiqot muammosi, ilmiy bo‘shliq va yondashuvlar xaritasini aniqlash; birinchi maqola konturini ishlab chiqish (kirish, metod, natija, xulosa); 1-bob skeletini shakllantirish.

3-oy (mart)

1-bobni faol yozish

1-bob matnining 40–50 foizini yozish; tahliliy sharhni 60 foizga yetkazish; birinchi maqola loyihasini yakunlash; ilmiy konferensiya tanlash va tezis mavzusini belgilash.

4-oy (aprel)

2-bob starti va maqola-1ni topshirish

2-bob uchun ma’lumot manbalari, indikatorlar va tadqiqot metodlarini aniqlash; birinchi maqolani ilmiy jurnalga topshirish; tahliliy sharhni yakunlash; sharh natijalari bo‘yicha ilmiy seminarda chiqish qilish.

5-oy (may)

Ma’lumot yig‘ish va 2-maqola

2-bob matnining 30–40 foizini tayyorlash (tahlil, jadval va dalillar); ikkinchi maqola mavzusini aniqlash va dastlabki loyihasini yozish; konferensiya tezisini topshirish.

6-oy (iyun)

1-yarim yillik natijalar paketi

1-bobni 80–90 foizga yetkazish; 2-bobni 50 foiz atrofida shakllantirish; ikkinchi maqolani jurnalga topshirish; konferensiya ma’ruzasini o‘tkazish ёки тайёргарлик ишлари; ichki monitoring va yarim yillik hisobot.

7-oy (iyul)

3-maqola va boblarni yakunlash

Uchinchi maqola loyihasini tayyorlash; 1-bobni yakuniy holatga keltirish; 2-bobni 70–80 foizga yetkazish; olingan natijalarni tekshirish va mustahkamlash.

8-oy (avgust)

3-maqolani topshirish va konferensiya

Uchinchi maqolani jurnalga topshirish; ilmiy konferensiyada ma’ruza qilish; tezislarning chop etilish jarayonini nazorat qilish; 2-bobni 90 foizga yetkazish.

9-oy (sentabr)

1–2 boblarni yakunlash

Birinchi va ikkinchi boblarni yakuniy tahrirdan o‘tkazish; jadval va rasmlarni standartlarga moslashtirish; bibliografiyani tartibga solish; maqolalar bo‘yicha jurnal tahrirlarini bajarish.

10-oy (oktabr)

Natijalarni hujjatlashtirish

1–2 boblar bo‘yicha tayyor paketni shakllantirish; ilmiy seminarda диссертациянинг дастлабки натижалари бўйича чиқиш; maqolalarni chop etish jarayonini jadallashtirish.

11-oy (noyabr)

Yil yakuniy hisoboti

Uchta maqola bo‘yicha holatni yakunlash (kamida 1–2 tasi chop etilgan yoki qabul qilingan); konferensiya va tezislar bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash; reja bajarilishi yuzasidan yil yakuniy hisobotini tayyorlash.

12-oy (dekabr)

Kollegial organ uchun tayyorgarlik

Yil yakuniy hisobotini taqdim etish; ikkinchi yil uchun yakka tartibdagi rejani yangilash; 2-yilda bajariladigan boblar va xorijiy ilmiy maqolalarni kalendar reja asosida belgilash.