
Joriy yilning 28-yanvar kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamkorligida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 8-maktabda “Taʼlimda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” mavzusidagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar va professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, psixologlarning kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishdan iboratdir.
Seminar davomida ishtirokchilarga Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti Sadikova Muattar Muratovna tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv faoliyati asoslari” mavzusida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi Alimova Gulmira Kabuljanovna tomonidan “Psixologik xizmat koʻrsatishning normativ hujjatlari bilan ishlash” mavzusida tushuntirishlar olib borildi.
Ta’kidlash lozim, bu kabi seminarlar hududlarda ham tizimli ravishda tashkil etilib, unda ishtirok etgan psixologlar o‘z orttirgan bilim va tajribalarini hududlardagi hamkasblari bilan bo‘lishadilar.