Toshkent shahridagi maktablar psixologlari uchun ijtimoiy-emotsional taʻlim (SEL) boʻyicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi

28.11.2025

Joriy yilning 27-noyabr kuni Taʻlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi hamkorligida ijtimoiy-emotsional taʻlim (SEL) boʻyicha navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda AQShlik mutaxassis, professor Jordan Naydu hamda Toshkent shahridagi 20 nafarga yaqin maktab psixologlari ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻzaro tajriba va bilim almashdilar.

Professor Jordan Naydu ishtirokchilarga ijtimoiy-emotsional taʻlimning nazariy asoslari, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya taʻlim tizimidagi ilgʻor tajribalar, ijtimoiy-emotsional taʻlimning global yondashuvlari, shuningdek oʻqituvchilar va maktablar amaliyotida qoʻllash mumkin boʻlgan samarali usullar haqida batafsil maʻlumot berdi.

Seminar-trening psixologlarning kasbiy salohiyatini oshirish, oʻquvchilar farovonligini qoʻllab-quvvatlash va taʻlim sifati uchun zarur boʻlgan yangi yondashuvlar bilan tanishish imkonini berdi.