
Joriy yilning 27-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Inklyuziv taʼlim va psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy-metodik kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari ishtirok etdi.

Yigʻilishda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili uchun davlat dasturida belgilangan umumiy oʻrta taʼlimda inklyuziv taʼlim ishtirokchilarini metodik qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir masalalar koʻrib chiqildi.
Xususan, UNESCOning “Policy Guidelines on Inclusion in Education” hujjati asosida pedagog va psixologlarda shakllanishi lozim boʻlgan koʻnikma va kompetensiyalarni belgilash va tegishli qoʻllanmalar ishlab chiqish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida kengashda koʻtarilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinib, sohani rivojlantirishga doir istiqbolli rejalar belgilab olindi.