Ingliz tili pedagoglari uchun innovatsion ta’lim yondashuvlari muhokama qilindi

27.02.2026

Joriy yilning 27-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan pedagoglar uchun “Innovatsion ta’lim: hamkorlik va tajriba almashish” turkumidagi navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati Xiva shahridagi 9-son umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Sobirova Iroda Abdullayevna tomonidan “Dars boshida o‘quvchilarni qanday jalb qilish va darsni qanday samarali yakunlash mumkin?” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Unda darsning kirish va yakuniy bosqichlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonida samaradorlikka erishishga xizmat qiluvchi amaliy metodlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Onlayn uchrashuv davomida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish usullari hamda samarali refleksiya metodlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Ta’kidlash lozim, bunday uchrashuvlar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.