
Joriy yilning 26-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi “Amaliy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Texnologiya fani o‘qituvchilari shaxsiy kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish” hamda “Quvnoq alifbo” nomli o‘quv qo‘llanmalar muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida taqdim etilgan o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni, metodik yondashuvi, amaliy ahamiyati hamda ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.