
Joriy yilning 26-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quvchilarda sun’iy intellekt, robototexnika va amaliy STEM ta’limiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, bu esa qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish zaruratini yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida tomonlar kelgusida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari, amaliy darslar va qo‘shma loyihalarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.