Ta’lim mazmunini yangilash va o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

26.02.2026

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” Smart-ED qo‘shma loyihasi doirasida milliy o‘quv dasturini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayonlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Trening mashg‘ulotlarida o‘quv dasturiga qadriyatlar va kesishuvchi mavzularni tizimli ravishda singdirish yo‘llari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Xususan, ijtimoiy-hissiy ta’lim, salomatlik va farovonlik hamda hayotiy ko‘nikmalarni dastur mazmuniga integratsiya qilish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashilmoqda.

Trening qatnashchilari mazkur global mavzularni milliy ta’lim kontekstiga moslashtirish hamda ularni o‘quv fanlari mazmuni bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlari ustida amaliy ish olib bormoqda.

Ta’kidlash lozimki, 2-martga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarga mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Cambridge University Press & Assessment tashkilotining yetakchi konsultantlari ham jalb etilgan.