
Joriy yilning 25-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Aniq va tabiiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda muallif E.R. Rasulova tomonidan ishlab chiqilgan “Biologiya. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi atlasi”, shuningdek, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan “5–6-sinflarda tabiiy fanlarni STEM yondashuvi asosida o‘qitish” hamda “Raqamli savodxonlik: ta’limda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida kengash a’zolari har bir qo‘llanmaning yutuqli jihatlari, amaliy ahamiyati hamda dolzarbligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mazkur qo‘llanmalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.