Joriy yilning 24-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish belgilab olindi:
– Akademik materiallar, kadrlar va boshqa tegishli maʼlumotlarni almashish;
– Taʼlim sohasiga doir tadqiqotlarda hamkorlik qilish va maʼlumot almashish;
– Tadqiqot faoliyatlari, seminarlar, akademik yigʻilishlar va konferensiyalar tashkil etishda hamkorlik qilish.
Tadbir davomida universitet rektori v.v.b. Farhod Alisherov universitet faoliyati hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova esa universitet faoliyatining rivojlantirilishi mamlakatimiz ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, markazning ilmiy-tadqiqotlar va baholash yo‘nalishlarida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Shundan so‘ng tomonlar universitetda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari bilan tanishib, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Xususan, Ta’limni rivojlantirish markazi universitetda tashkil etilgan Belorus – O‘zbek ta’lim markazi, universitet tarixi muzeyi hamda axborot resurs markazi faoliyati bilan ham tanishtirildi.

Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha muloqotni izchil davom ettirishga kelishib olindi.