
Joriy yilning 23-oktyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining pedagoglari uchun “Oʻquvchilarning savodxonligini rivojlantirishdagi innovatsion metodlar” mavzusida amaliy-seminar boʻlib oʻtdi.
Unda respublikaning turli hududlaridan pedagoglar ishtirok etdi. Uchrashuv onlayn shaklda, erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida oʻtkazildi.

Tadbir davomida pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, anʼanaviy yondashuv muammolari, graforitmika va storytelling kabi innovatsion metodlar yuzasidan bir qator nazariy va amaliy maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birgalikda “Innovatsion metodlar: tafakkur va emotsional oʻqish” metodi qatnashchilar ishtirokida amaliy bajarildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.