Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

23.02.2026

Joriy yilning 23-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shahzodbek Kurbaniyazov va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida IBRO–2026 Respublika olimpiadasiga tayyorlanish, uning barcha bosqichlarni yuqori saviyada o‘tkazish va hamkorlik yo‘nalishlarini yanada kengaytish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozim, mazkur olimpiada o‘tgan yili ham Markaz bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda uni yanada takomillashtirilgan formatda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, IBRO–2025 olimpiadasida mamlakatimizning barcha hududlaridan 230 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan edi. Uch bosqichli tanlovning final bosqichiga 3 453 nafar o‘quvchi yo‘llanma olgandi.

Ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilgan holda testbor.uz platformasi orqali 2–11-sinf matematika, 9–11-sinf fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash imkoniyati yaratildi.