Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga rahbar tayinlandi

20.02.2026

Joriy yilning 20-fevral kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilxom Siradjev Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida yigʻilish oʻtkazdi. 

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi oʻqib eshittirildi. 

Mazkur farmoyishga koʻra, Yuliya Vasilyevna Risyukova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga hamda Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Ilxom Siradjev Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasiga doir belgilab berilgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib, markaz xodimlari bilan istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Yakunda taʼlim sohasidagi islohotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.