Taʼlim sohasida tadqiqotlar samaradorligini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi

19.09.2025

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari va universitet tadqiqotchilari ishtirokida ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatі bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari va ta’limiy kontentlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi. 

Xususan, dalillarga va aniq ko‘rsatkichlarga tayangan holda tahlil o‘tkazish mexanizmlari hamda metodik yondashuvlarni takomillashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ular asosida o‘quvchilarning natijalarini yaxshilashga qaratilgan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida markaz hamda universitet olimlari hamkorligida tadqiqotlar o‘tkazish, mavjud ehtiyojlarni aniqlash va tadqiqot natijalarini ilmiy nashrlarda e’lon qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.