“Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida profilaktik amaliy tadbir o‘tkazildi

19.02.2026

Joriy yilning 19-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Favqulodda vaziyatlar Toshkent shahar bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida profilaktik amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad markaz xodimlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish malakasini mustahkamlashdan iborat. 

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari markaz xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, birinchi navbatda ko‘riladigan choralar, evakuatsiya tartibi hamda o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha atroflicha ma'lumot berishdi. 

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.