
Joriy yilning 17-dekabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, metodik qo‘llab-quvvatlash hamda raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashtirish va kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar, xususan, ta’lim jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali pedagoglar va o‘quvchilar uchun qulay raqamli muhit yaratish masalalari muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.