AQSHning Logan universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

17.06.2026

Joriy yilning 17-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida AQSHning Logan universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi, tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy-ta’limiy tadbirlarni tashkil etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ekspertlar tajribasini almashish hamda ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.