
Joriy yilning 17–19-fevral kunlari Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida “Boʻlajak pedagoglarga maktab oʻquv dasturlari hamda yangi avlod darsliklaridan foydalanib halol interfaol dars rejalarini tuzish va darslarni tashkil etish” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etilmoqda.

Mazkur oʻquv-seminarning asosiy maqsadi boʻlajak pedagoglarning zamonaviy taʼlim yondashuvlari asosida darslarni rejalashtirish, interfaol metodlardan samarali foydalanish hamda yangi avlod darsliklari bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
.jpg)
Seminarning birinchi kunida yangi avlod darsliklaridan foydalanish asosida interfaol darslarni rejalashtirish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Seminar davomida faol oʻqitish modellari asosida amaliy mashgʻulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar interfaol loyiha asosida dars ishlanmalarini ishlab chiqdilar.
.jpg)
Taʼkidlash lozim, mazkur seminar 19-fevralga qadar davom etib, ertangi kun mashgʻulotlarida talabalar uchun yangi avlod darsliklaridan foydalanish imkoniyatlari va usullariga bagʻishlangan nazariy hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Seminarning yakuniy – 19-fevral kungi mashgʻulotlari esa oʻquv jarayonini differensial va inklyuziv yondashuvlar asosida tashkil etish masalalariga bagʻishlanib, interfaol topshiriqlar, tajribalar almashish koʻzda tutilgan.