Joriy yilning 16-sentyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda mazkur yo‘nalishda yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli rejalarni birgalikda belgilash hamda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.