
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 7-aprel kuni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning bir kunini sport kuni sifatida belgilash hamda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 16-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Jamoada sog‘lom muhit va hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirishga qaratilgan musobaqada 4 ta jamoa g‘oliblik uchun maydonga tushdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan uchrashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
