
Joriy yilning 15-may kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida “Yangi avlod boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini tayyorlash: global tendensiyalar, xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Polsha, Ummon, Fransiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi 20 dan ortiq davlatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan anjumanda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Zamira Sangirova “Boshlang‘ich ta’limda STEM yondashuv: raqamli resurslardan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Anjumanda boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy pedagoglarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, 4K modeli asosida o‘quvchilarda kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.