
Joriy yilning 14–16-yanvar kunlari Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilg‘or-amaliy usullariga bag‘ishlangan o‘quv treninglari bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi 68 nafar pedagog ishtirok etdi.
Trening davomidaTa’limni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i Furqat Xolmirzayev tomonidan o‘qish savodxonligini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

Xususan, ishtirokchilar PIRLS tadqiqoti doirasida badiiy va axborot matnlari bilan ishlash metodikasi, shuningdek, raqamli o‘qishni samarali tashkil etish masalalarini o‘rgandilar.