Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida tashqi baholash natijalari o‘rganildi

15.10.2025

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent shahar MMT boshqarmasining attestatsiya komissiyasi ma'sul xodimi bilan birga Toshkent shahridagi bir qator maktabgacha va umumta’lim tashkilotlarining attestatsiya komissiyasining tashqi baholash xulosalari natijalari tahlil qilindi.

Xususan, Shayxontohur tumanidagi 112-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 314-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Uchtepa tumanidagi 338-sonli DMTT va Sergeli tumanidagi 264-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganib chiqildi.

Tahlil jarayonida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv dasturlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, shuningdek, sifat nazorati tizimining holati ko‘rib chiqildi. Natijada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ta’kidlash lozim, mazkur jarayonlar ta’lim sifatini monitoring qilish samaradorligini oshirish, ichki baholash tizimini takomillashtirish hamda ta’lim muassasalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.