Koreya Respublikasi Ta’lim va tadqiqot axborot xizmati (KERIS) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

15.10.2025

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda Koreya Respublikasi Ta’lim va tadqiqot axborot xizmati (KERIS) o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur jarayonlar doirasida KERIS tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish belgilab olindi:

– Maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha o‘quv materiallari hamda boshqa tegishli ma’lumotlarni almashish;

– Ilmiy ishlanmalar va tadqiqot natijalarini o'zaro almashish;

– Qo‘shma tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;

– Ta’lim va treninglar yo‘nalishida o‘qituvchi-trenerlar, tadqiqotchilar va boshqa soha mutaxassislari o‘rtasida inson resurslari almashinuvi.

Shuningdek, tomonlar raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va innovatsion ta’lim texnologiyalari sohalarida qo‘shma pilot tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldilar.

Mazkur memorandum Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va KERIS o‘rtasidagi ilmiy-uslubiy, texnologik hamda akademik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.