
Joriy yilning 15-may kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan boshlang‘ich rus sinflari pedagoglari uchun “Квест-игра “Внутренние органы человека”” mavzusida Meet up formatidagi muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Unda respublikaning turli hududlaridan 250 nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda kvest o‘yinlari asosidagi dars jarayoni namoyish etildi hamda mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida Xorazm viloyati Urganch shahridagi 28-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Eleonora Valieva tomonidan kvest o‘yinlari asosida tashkil etilgan dars namoyish qilindi.
Dars jarayonida o‘quvchilar “Yurak”, “O‘pka”, “Miya”, “Suyaklar” stansiyalari bo‘yicha harakatlanib, ushbu organlarning vazifalari va faoliyati haqida topshiriqlar bajarish orqali olgan bilimlarini mustahkamladilar.

Shuningdek, dars davomida kvest o‘yinlarining ahamiyati, “Yosh tadqiqotchilar” yondashuvi hamda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 4K modeli haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.