Bolalar va oilaviy ta’lim kontentlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

15.05.2026



Joriy yilning 15-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan, bolalar va oilaviy kontent yaratishga ixtisoslashgan Your Family Entertainment AG media kompaniyasi rahbari Stefan Pix o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda bolalar va o‘quvchilar uchun sifatli, xavfsiz hamda ta’limiy ahamiyatga ega media kontentlar yaratish, mavjud xalqaro tajribani O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash va ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.



Muhokamalar yakunida tomonlar ta’lim, media va bolalar kontenti yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.