
Joriy yilning 21-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘zbek tilini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish bo‘yicha tashkil etilgan ijodiy guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqilayotgan o‘quv-uslubiy majmualarning mazmuni, tuzilishi, metodik yondashuvlari va zamonaviy pedagogik talablarga muvofiqligi atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida majmualarning ilmiy-metodik sifati, til materiallarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mosligi, amaliy yo‘naltirilganligi, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirish darajasi yuzasidan mutaxassislarning fikr hamda takliflari tinglandi.

Bildirilgan takliflar asosida o‘quv-uslubiy majmualarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Markaz raqami
+998 55 519-02-02