Xalqaro konferensiyada AKTning ta’lim va iqtisodiyotdagi o‘rni muhokama qilindi

14.05.2026



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.



Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Doniyorbek Axmadaliyev “AKT vositalari orqali o‘qitish va o‘rganishni individuallashtirish: noto‘g‘ri yo‘naltirish xavflari va ularni bartaraf etish yechimlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos ta’lim muhitini shakllantirish, AKT vositalari orqali o‘quv natijalarini qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli tizimlarda noto‘g‘ri talqin va yo‘naltirish xavflarini kamaytirish masalalari yoritildi.



Konferensiya davomida mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim va iqtisodiyotdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.