Matematika fanida STEM/STEAM yondashuvi bo‘yicha Meet up o‘tkazildi

14.05.2026



Joriy yilning 14-may kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Matematika fanida STEM/STEAM yondashuv” mavzusida Meet up muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Onlayn shaklda, erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida o‘tgan uchrashuvda respublikaning turli hududlaridan 450 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi.



Mashg‘ulotlar davomida Namangan viloyati Pedagogik mahorat markazi matematika fani metodisti Maxamadali Muminov STEAM dasturlarining maqsadi hamda STEM/STEAM yondashuvining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, matematika fanining fizika, informatika, biologiya va texnologiya fanlari bilan uzviy bog‘liqligi, ushbu yondashuvni matematika darslariga joriy etishda uchrayotgan metodik, kadrlar salohiyati hamda baholash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari yuzasidan nazariy hamda amaliy tavsiyalar ham berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Muloqot uchrashuvi pedagoglar uchun foydali ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va tahlillarga boy tarzda o‘tdi.