“El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

14.04.2026

Joriy yilning 14-aprel kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori Gulnoza Ismailova va mutasaddi vakillar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda malakali kadrlar salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, memorandum doirasida kadrlar tayyorlash va rivojlantirish, xalqaro amaliyotlar va akademik almashinuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va kasbga yo‘naltirish, ilmiy-tahliliy hamkorlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur memorandum ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.