Taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi “TEAM MONOLITH” texnologik tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar bergan edik.
Mazkur kelishuvlar doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining kompyuter grafikasi va dizayn to‘garaklari rahbarlari uchun onlayn kurslar 2-kuni bo'lib o'tdi.
Bugun, 13-avgust kuni o‘tkazilgan onlayn kursning ikkinchi darsida IT sohasi mutaxassisi Jiyoung Yoon xonim xalqaro dasturlash tillari va ularning vazifalari bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini batafsil tanishtirib berdi.
Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarga TEAM MONOLITH tashkiloti tomonidan sertifikatlar taqdim etiladi.