
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari “Ta’limda sifat va tenglikni oshirishda ma’lumotlardan foydalanish” o‘quv kursi doirasida tashkil etilgan “Tizimli monitoring va siyosiy qayta aloqa sikli” mavzusidagi vebinarda ishtirok etdi.

Vebinar davomida turli mamlakatlar tajribasi asosida ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar, ta’lim siyosatini shakllantirishda tizimli monitoringning ahamiyati, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli ma’lumotlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va teng imkoniyatlarni ta’minlashda qanday turdagi ma’lumotlar muhim ekani, ularni yig‘ish, tahlil qilish hamda olingan natijalarni ta’lim siyosatiga integratsiya etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.