Markaziy bank bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

12.12.2025

Joriy yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Markaziy bank oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish belgilab olindi.

Xususan, 

– zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash, o‘quv, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlik qilish;

– moliyaviy savodxonlik yo'nalishida yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish;

– mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni, kurslarni va seminarlarni tashkil etish.

Ushbu hujjat ta'lim oluvchilarning moliyaviy bilimlarini oshirish hamda pedagoglarning malakasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, o‘quv adabiyotlar mazmunini yangilash va ta’limdagi islohotlar bilan uyg‘un holda moliyaviy ta’limni joriy etish uchun asos yaratadi.