Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya bilan hamkorlikda “Barkamol avlod” bolalar maktablari mutaxassislarining malakasi oshirilmoqda

12.08.2025



Taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi “TEAM MONOLITH” texnologik tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganini avval xabar bergan edik.

Mazkur kelishuvlar doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining kompyuter grafikasi va dizayn to‘garaklari rahbarlari uchun onlayn kurslar tashkil etildi.



Bugun, 12-avgust kuni o‘tkazilgan onlayn kursning ilk darsida IT sohasi mutaxassisi Bora Lim xonim sun’iy intellektga asoslangan raqamli darslik va uning platformasidan foydalanish jarayoni, shuningdek, xalqaro dasturlash tillari bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini batafsil tanishtirib berdi.

Onlayn mashg‘ulotlar ertaga, 13-avgust kuni ham davom etadi.