
Joriy yilning 12-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda muallif Mohigul Ashurova tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Raqamlar olami – bilim sari ilk qadam” nomli parsial dastur hamda “Oilaviy MTTlarda 3–7 yoshli bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish” metodik qo‘llanmasi muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.