Psixologik ta’lim yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

11.10.2025

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari AQShga uyushtirilgan amaliy tashrifi doirasida markaz vakillari Jorjtaun universitetining psixologik salomatlik bo‘yicha o‘quv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha vakillari uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida psixologiya sohasida kadrlar malakasini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida psixologlar uchun onlayn va an’anaviy shakldagi malaka oshirish kurslari hamda vebinarlarni tashkil etish, psixologiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha metodik resurslarni yaratish va almashish, o‘quv va metodik materiallarga innovatsion yondashuvlarni integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ta’limdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan qo‘shma seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.