
Prezidentimiz raisligida 2025-yil 15-may kuni maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda mamlakatimizda taʼlim sifatini taʼminlashda, eng avvalo, pedagoglarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, ta’til davrida pedagoglarning vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda respublika bo‘ylab “Metodik marafon” tadbirlari tashkil etiladi.
Shu maqsadda joriy yilning kuzgi ta’til kunlarida o‘tkaziladigan “Metodik marafon” tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Unda tadbirning tashkiliy jihatlari, ishtirokchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ma’ruzalar mazmunini boyitish hamda samaradorligini oshirishga doir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yili davomida o‘tkazilgan "Metodik marafon" tadbirlariga 60 mingdan oritq pedagoglar jalb etildi.