Jorjtaun universiteti vakillari bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

11.10.2025

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari AQShga uyushtirilgan amaliy tashrifi doirasida Jorjtaun universitetining Ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini birgalikda ishlab chiqish, pedagogika, ta’lim psixologiyasi, sifatni baholash va ta’lim boshqaruvi sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ta’limdagi dolzarb masalalar yuzasidan seminar, trening va konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokama yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.