“Phet Interactive Simulations” tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

10.10.2025

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillarining Amerika Qo‘shma Shtatlariga uyushtirilgan amaliy tashrifi doirasida Ta’limni rivojlantirish markazi vakillari hamda Kolorado Boulder universitetining “Phet Interactive Simulations” tashkiloti direktori Rebekka Vieyra o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Phet Interactive Simulations” tashkiloti bilan imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, respublika pedagoglari uchun virtual laboratoriya platformasidan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar tashkil etish yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi. 

Muhokamalar yakunida o‘zaro hamkorlik loyihalarini kengaytirish va bu borada muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.