Ta’limni rivojlantirish markazi rahbariyati hamda xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida muloqot tashkil etildi

10.10.2025

Ayni kunlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. 

Mazkur tashrif doirasida markaz vakillari hamda AQShda ilm-fan va taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari ishtirokida muloqot tashkil etildi.

Unda markaz rahbariyati bilan bir qatorda AQShning Harvard, Jorj Vashington va Missuri universitetlari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgan va ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoshlar, olimlar ham qatnashdi.Onlayn va oflayn shakllarda tashkil etilgan muloqot davomida taʼlim sohasida xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar va izlanuvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashish hamda ularning takliflarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar mamlakatimiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, sohada sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga oid bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda muloqotlarni muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.