Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi “Maktabdan tashqari ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengashning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan yangi qo‘llanmalar ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha jarayonlarni takomillashtirish va bu kabi muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.