
Joriy yilning 10-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Inklyuziv ta’lim va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalarning ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifati va psixologik xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil etildi.

Shuningdek, kengash a’zolarining taklif va tavsiyalari asosida taqdim etilgan materiallarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim tashkilotlarida foydalanish uchun tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.