
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan joriy yilning 9-aprel kuni “Ta’limda kognitiv faollikni oshirish: motivatsiya va dars dizaynining neyropedagogik asoslari” mavzusida Meet up tashkil etildi. Unda respublikaning turli hududlaridan 350 nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi.

Erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida o‘tgan uchrashuvda Jizzax viloyati Forish tumanidagi 15-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Guljahon Egamqulova “O‘quvchini darsga qiziqtirish sirlari”, “Nega o‘quvchi zerikadi?” kabi mavzular yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Seminar barcha uchun mazmunli, tahlillarga boy va samarali tarzda o‘tdi.