Buxoroda metodistlar uchun bolalarning ekologik savodxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

09.04.2026

Joriy yilning 9-aprel kuni Buxoro shahridagi 5-sonli “Qandimcha” eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati metodistlari hamda DMTT tarbiyachilari faol ishtirok etdi.

Seminar avvalida ishtirokchilarga maktabgacha yoshdagi bolalarda amaliy yondashuvlarni namoyish etuvchi master-klass tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy qismi amaliy mashg‘ulotlarga ajratildi. Unda qatnashchilar “Eko muhitni qanday rejalashtirish kerak?", “Storytelling”, “Baxtli yer, xafa yer” va o'zaro tajriba almashinuv kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etib, ekologik tarbiya berishning samarali usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ekologik ta’limga oid turli metod va texnologiyalarni amalda qo‘llab ko‘rish, o‘z tajribalarini boyitish imkoniga ega bo‘ldilar.

Seminar yakunida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.