Koreya ekspertlari bilan raqamli ta’lim bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

08.07.2026

Joriy yilning 7-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati Koreya Respublikasining Ta’limni rivojlantirish instituti vakillari hamda ta’lim sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.



Uchrashuv davomida O‘zbekistonda zamonaviy raqamli ta’lim boshqaruvini shakllantirishga qaratilgan “Raqamli ta’lim ekotizimi” tashabbusining istiqbollari muhokama qilindi.



Tomonlar loyiha bo‘yicha texnik topshiriqni Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida hamkorlikda ishlab chiqish, shuningdek, ta’lim statistikasi, raqamli boshqaruv hamda ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.



Mazkur hamkorlik O‘zbekiston ta’lim tizimini raqamli transformatsiya qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda xalqaro ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.