Ta’limda sun’iy intellektga oid milliy dastur loyihasi muhokama qilinmoqda

07.04.2026

Joriy yilning 7–8-aprel kunlari Toshkent shahridagi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida “Ta’limda sun’iy intellektning milliy dasturi: ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqish va Harakatlar rejasini ishlab chiqish” mavzusidagi seminar o‘tkazilmoqda.

YUNISEF, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimi ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik seminar davomida ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanishga oid milliy dastur loyihasi ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, uning ustuvor yo‘nalishlari, kutilayotgan natijalari, asosiy chora-tadbirlari va ko‘rsatkichlari muhokama etilmoqda.

Shuningdek, hujjat asosida Harakatlar rejasini ishlab chiqish, ustuvor vazifalarni belgilash hamda boshqaruv arxitekturasi bo‘yicha fikr almashilmoqda.