
Joriy yilning 6-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova va “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi loyihalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.